NUR

2 Solnomalar 4

1Shoh Sulaymon bronza qurbongoh yasatdi. Qurbongohning uzunligi 20 tirsak, eni ham 20 tirsak, balandligi 10 tirsak edi.

2Keyin bronzani eritib, dumaloq shaklda hovuz yasatdi. Hovuzning bir qirg‘og‘idan narigi qirg‘og‘igacha 10 tirsak, balandligi esa 5 tirsak edi. Aylanasi 30 tirsak edi.

3Hovuzning tashqi tomonida, qirg‘og‘i ostida aylanasiga ikki qator buqa shakli bor edi. Har bir tirsak masofada o‘ntadan shunday shakl qilingan edi. Bronza eritilib, hovuz yasalayotgan paytda, bu buqa shakllari ham qilingan edi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →