NUR
2 Solnomalar 30
1Hizqiyo butun Isroil va Yahudo xalqiga xabar jo‘natdi, Efrayim hamda Manashe qabilalariga ham maktub yozib, ularni Isroil xalqining Xudosi — Egamizga atab Fisih ziyofatini nishonlash uchun Egamizning Quddusdagi uyiga taklif qildi.
2Shoh, a’yonlar hamda Quddusdagi jamoa Fisih ziyofatini ikkinchi oyda nishonlashga qaror qilgan edilar.
3Ular Fisih ziyofatini o‘z vaqtida — birinchi oyda nishonlay olmagan edilar. Bunga sabab poklangan ruhoniylarning soni yetarli bo‘lmagani va odamlarning ko‘pchiligi Quddusga yig‘ilmagani bo‘ldi.