NUR

2 Solnomalar 3

1Sulaymonning otasi shoh Dovud Egamizning uyi uchun Quddusda bir joy tayyorlab qo‘ygan edi. Bu joy Moriyox tog‘ida — Dovudga Egamiz zohir bo‘lgan Yobuslik O‘rnanning xirmonida edi. Sulaymon Xudoning uyini o‘sha yerda barpo qila boshladi.

2Qurilish Sulaymon hukmronligining to‘rtinchi yili, ikkinchi oyining ikkinchi kunida boshlangan edi.

3Sulaymon Xudoning uyi uchun poydevor qo‘ydi, poydevorning uzunligi (qadimgi o‘lchov birligiga asosan) 60 tirsak, eni 20 tirsak edi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →