NUR

2 Solnomalar 28

1Oxoz yigirma yoshida shoh bo‘lib, Quddusda o‘n olti yil hukmdorlik qildi. U bobosi Dovuddan namuna olmadi, Egamizning oldida to‘g‘ri ishlar qilmay,

2Isroil shohlarining yo‘lidan ketdi. U hatto Baalga sajda qilish uchun Baalning quyma tasvirlarini yasadi.

3Xinnum soyligida butlarga atab qurbonliklar kuydirdi. Kan’on yurtidan Egamiz quvgan qavmlarning jirkanch odatlariga taqlid qilib, hatto o‘z o‘g‘illarini olovda kuydirib qurbonlik qildi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →