NUR
2 Solnomalar 16
1Oso hukmronligining o‘ttiz oltinchi yilida Isroil shohi Basho Yahudoga hujum qildi. Odamlar Yahudo yurtiga osonlikcha kirib chiqa olmasligi uchun, u Rama shahrini mustahkamladi.
2Oso Egamizning uyidagi va saroydagi xazinalardan kumush va oltinlarni olib, Damashqda o‘tirgan Oram shohi Banhadadga jo‘natdi. Oso unga shu xabarni ham yubordi:
3“Sening otang bilan mening otam o‘rtasida ittifoq bo‘lgani kabi, sen bilan mening o‘rtamda ham ittifoq bo‘lsin. Senga kumush va oltin berib yuboryapman. Isroil shohi Basho bilan ittifoq tuzgan eding, endi o‘shani bekor qil, toki u yurtimdan jo‘nab qolsin.”