NUR
1 Timo'tiyga 6
1Qullik bo‘yinturug‘i ostida bo‘lganlar o‘z xo‘jayinlarini kamoli ehtiromga loyiq hisoblasinlar. Toki, hech kim Xudoning nomini va ta’limotini haqoratlamasin.
2Xo‘jayinlari imonli bo‘lgan qullar, “bir–birimizga birodarmiz”, deb xo‘jayinlariga hurmatsizlik qilmasinlar. Aksincha, yanada ko‘proq tirishib, ularga xizmat etsinlar. Chunki aziz birodarlari bo‘lmish xo‘jayinlari o‘z qullarining farovonligini ko‘zlab, nonini but qilyaptilar. Ana shu barcha ko‘rsatmalarim haqida ta’lim berib, nasihat qil.
3Agar kim begona ta’limotni yoysa va Rabbimiz Iso Masihning haqiqiy kalomiga qarshi chiqib, xudojo‘ylikka chorlovchi ta’limotimizni rad etsa,