NUR
1 Timo'tiyga 1
1Najotkorimiz Xudoning va biz umid bog‘lagan Iso Masihning amriga ko‘ra, Masihning havoriysi etib tayinlangan men — Pavlusdan
2imondagi sodiq o‘g‘lim Timo‘tiyga salom! Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih senga inoyat, marhamat va tinchlik ato qilsin.
3Men Makedoniyaga ketayotganimda, senga tayinlaganimday, Efes shahrida qol. U yerdagi ba’zi kishilar soxta ta’limotni o‘rgatayotgan ekanlar. Ularning bu qilmishlariga barham ber.