NUR

1 Shohlar 4

1Butun Isroilda Shomuilning so‘zi vojib edi. Shu orada Filistlar urush boshlagan edi, Isroil lashkari ularga qarshi otlandi. Isroil lashkari Evanzor degan joyda, Filistlar esa Ofoq shahrida qarorgoh qurdilar.

2Filistlar Isroil lashkariga qarshi saf tortdilar. Jang boshlandi, Filistlar Isroil lashkarini mag‘lub qildilar. Jang maydonida to‘rt mingga yaqin Isroil sipohlari nobud bo‘ldi.

3Lashkar qarorgohga qaytgach, Isroil oqsoqollari shunday dedilar: — Nima uchun bugun Egamiz bizni Filistlarga mag‘lub qilib berdi? Egamizning ahd sandig‘ini Shilo‘dan bu yerga olib kelaylik. Ahd sandig‘i bizning oramizda borsin, toki bizni g‘animlarimizning qo‘lidan qutqarsin.

Nur ilovasida to'liq o'qish →