NUR
1 Shohlar 24
1Dovud u joylarni ham tark etib, Engedidagi pana joylarda yashay boshladi.
2Shoul Filistlarni quvlab yuborib qaytib kelgach, Dovud Engedi yonidagi dasht–cho‘llarda yuribdi, degan xabarni eshitdi.
3Shoul odamlari bilan Dovudni qidirmoqqa otlandi. Isroilning eng sara sipohlaridan uch mingtasini tanlab olib, qoyalari va yovvoyi echkilari bilan mashhur bo‘lgan joyga ketishdi.