NUR
1 Shohlar 19
1Shoul o‘g‘li Yo‘natanga va hamma a’yonlariga, Dovud o‘ldirilsin, deb farmon berdi. Yo‘natan esa Dovudni juda yaxshi ko‘rardi.
2— Otam Shoul seni o‘ldirmoqchi, — deb u Dovudni ogohlantirdi. — Ertaga tong payti hushyor bo‘l, biror joyga borib yashirinib, jim o‘tir.
3Men esa sen yashiringan dalaga chiqib, otamning yonida bo‘laman, sen to‘g‘ringda u bilan gaplashaman. Biror xabar eshitsam, senga yetkazaman.