NUR

1 Shohlar 16

1Egamiz Shomuilga aytdi: — Sen qachongacha Shoulni deb g‘amgin bo‘lib yurasan?! Shoul Isroil shohi bo‘lmasin, deb uni Men rad etdim. Qani, endi qo‘chqor shoxini moy bilan to‘ldirib, yo‘lga otlan. Seni Baytlahmlik Essayning uyiga jo‘nataman. Uning o‘g‘illaridan bittasini O‘zimga shoh qilib tanladim.

2— Qanday qilib boraman?! Shoul eshitib qolsa, meni o‘ldiradi–ku! — dedi Shomuil. — O‘zing bilan bitta buzoqchani olgin–da: “ Egamizga qurbonlik qilgani keldim”, deb ayt, — dedi Egamiz.

3— Essayni qurbonlikka taklif qil. O‘shanda nima qilishing kerakligini Men senga ayon qilaman, O‘zim senga ko‘rsatadigan odamning boshiga Mening nomimdan moy surtib, uni tanlaysan.

Nur ilovasida to'liq o'qish →