NUR
1 Shohlar 15
1Bir kuni Shomuil Shoulga shunday dedi: — Egamiz senga moy surtib, O‘z xalqi Isroilning shohi qilish uchun meni sening oldingga yuborgan edi. Endi Egamizning so‘zlarini eshit.
2Sarvari Olam shunday aytmoqda: “Isroil xalqiga qilgan yovuzliklari uchun Omolek xalqini jazolayman. Chunki Isroil xalqi Misrdan chiqayotganda, Omolek xalqi ularning yo‘lini to‘sib qo‘ygan edilar.
3Endi borib, Omolek xalqiga hujum qil. Ularga qarashli hamma narsani tamoman yo‘q qilib tashla, hech narsasini ayama. Erkagu ayol, bolayu chaqa, molidan tortib qo‘yigacha, tuyasidan tortib eshagigacha hammasini o‘ldir.”