NUR
1 Butrus 5
1Ey jamoat oqsoqollari, endi sizlarga bir nasihatim bor. Men ham sizlarga o‘xshagan oqsoqolman. Masih chekkan azoblari haqida shahodat beruvchi va zohir bo‘ladigan ulug‘vorligining ishtirokchisi sifatida sizlardan o‘tinaman:
2Xudoning nazoratingizdagi suruvini yaxshi boqinglar. Bu xizmatni majbur bo‘lganingiz uchun emas, balki chin ko‘ngildan, Xudoga manzur tarzda bajaringlar. Shunchaki pulparastlik maqsadida emas, samimiyat bilan ijro etinglar.
3Qo‘lingiz ostidagi suruvga o‘z hukmingizni o‘tkazmay, ularga o‘rnak bo‘linglar.