NUR
1 Butrus 1
1Iso Masihning havoriysi men — Butrusdan Xudoning tanlangan xalqiga salom! Ey Xudoning aziz xalqi, sizlar bu dunyoda musofir bo‘lib yashayapsizlar, Pontus, Galatiya, Kappadokiya, Asiya va Bitiniya viloyatlariga tarqalib ketgansizlar,
2ammo Otamiz Xudo azalda qaror qilib, sizlarni tanladi. Sizlar Iso Masihga itoat etishingiz va Uning to‘kilgan qoni orqali poklanishingiz uchun Xudo qudratli Ruhi bilan sizlarni O‘ziga ajratib oldi. Xudoning cheksiz inoyati va tinchligi sizlarga yor bo‘lsin.
3Rabbimiz Iso Masihning Otasi Xudoga hamdu sanolar bo‘lsin! U bizga behad rahm–shafqat ko‘rsatib, yangi hayot berdi. Iso Masih o‘likdan tirilib, barhayot bo‘lgani uchun endi bizning umidimiz bor.