NUR
3 Shohlar 6
1Isroil xalqi Misr yurtidan chiqqanlariga 480 yil bo‘lganda, Sulaymon Isroil taxtiga o‘tirganiga to‘rt yil bo‘lgan edi. U o‘sha yilning ikkinchi oyida — Ziv oyida Egamizning uyini barpo qilishni boshladi.
2Shoh Sulaymon Egamiz uchun qurayotgan uyning uzunligi 60 tirsak, eniga 20 tirsak, balandligi 30 tirsak edi.
3Egamiz uyining asosiy xonasi oldida ayvon bo‘lib, ayvonning uzunligi asosiy xonaning eni bilan bir o‘lchovda — 20 tirsak, eni 10 tirsak edi.