NUR
3 Shohlar 14
1O‘sha paytda shoh Yeribomning o‘g‘li Abiyo kasal bo‘lib qoldi.
2Yeribom xotiniga: — Qani, tur, kiyimlaringni o‘zgartir, toki mening xotinim ekanligingni hech kim bilib qolmasin, — dedi. — Shilo‘ga jo‘na. Payg‘ambar Oxiyo o‘sha yerda. Isroil xalqining shohi bo‘lishim haqida u bashorat qilgan edi.
3O‘nta non, bir nechta kulcha, bir xumcha asal olib, payg‘ambar Oxiyoning huzuriga bor. O‘g‘limizga nima bo‘lishini u senga aytadi.