NUR
1 Yuhanno 3
1Qaranglar, Otamiz Xudo bizni farzandlarim deb, qanday buyuk bir sevgini ko‘rsatdi! Haqiqatan ham, biz Uning farzandlarimiz. Dunyo Otamizni hech qachon tan olmagan, shuning uchun bizni ham Xudoning farzandlari, deb tan olmayapti.
2Ha, azizlarim, hozir biz Xudoning farzandlarimiz. Ammo kelajakda kim bo‘lishimiz bizga hanuz ochilmagan. Faqat shuni bilamizki, o‘sha payt kelganda, biz Xudo singari bo‘lamiz, chunki Xudoning O‘zini ko‘ramiz.
3Xudoga bunday umid bog‘lagan har bir odam Iso Masih singari pok bo‘lishi uchun o‘zini poklaydi.