NUR
1 Korinfliklarga 6
1Orangizda bittasining boshqa birovga da’vosi bor ekan. Bu da’voni hal qilib bersin, deb u kishi Xudoning azizlari oldiga emas, balki imonsizlar oldiga borishga qanday jur’at qilyapti?
2Xudoning azizlari hatto dunyoni hukm qilishini nahotki sizlar bilmasangiz?! Modomiki sizlar dunyoni hukm qilar ekansiz, nahotki ahamiyatsiz ikir–chikir ishlarni hukm qila olmasangiz?
3Biz hatto farishtalarni ham hukm qilamiz–ku! Shuni bilmaysizlarmi? Shunday ekan, turmush ikir–chikirlari nima bo‘libdi?!