NUR

1 Korinfliklarga 3

1Ey birodarlar, sizlarga ruhan yetuk insonlarga gapirganday emas, balki bu dunyoga tegishli odamlarga gapirganday gapirdim. Yana sizlarga endigina Masihga ishongan, imonda go‘dakday bo‘lgan insonlarga so‘zlaganday so‘zladim.

2Sizlarga bergan ta’limotim milkka botadigan yegulikday emas, balki chaqaloqlarga kerak bo‘lgan sutday edi, chunki sizlar kuchliroq ta’limotga tayyor emas edingiz. Hozir ham tayyor emassiz,

3chunki bu dunyo hali ham sizlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatyapti. Orangizda janjalkashlik va kelishmovchiliklar bor ekan, bu sizlarning hali ham bashariy tabiatingiz ta’sirida, insoniy fikrlab yashayotganingizni ko‘rsatmaydimi?!

Nur ilovasida to'liq o'qish →