NUR
1 Korinfliklarga 15
1Birodarlarim, men o‘zim sizlarga yetkazgan Xushxabarning mohiyatini yana bir bor eslatib o‘tmoqchiman. Sizlar bu Xushxabarni qabul qilgansiz, u imoningizning asosidir.
2O‘sha Xushxabar orqali qutqarilasiz, ammo sizlar men aytgan o‘sha Xushxabar orqali yetishgan imoningizda mahkam turishingiz kerak, aks holda bekorga ishongan bo‘lasizlar.
3Menga berilgan eng muhim ta’limotni sizlarga yetkazdim. Bu ta’limot quyidagichadir: Muqaddas Bitiklarga muvofiq, Masih gunohlarimiz uchun o‘lgan.