NUR
1 Korinfliklarga 10
1Birodarlar, ota –bobolarimizning tarixini yodingizga solmoqchiman. Ularning hammasi bulut ostida cho‘lni kezib, Qizil dengizdan o‘tdilar.
2Ular bulut ostida kezib, Qizil dengizdan o‘tganda, go‘yo suvga cho‘mdirilganday bo‘lib, Musoning izdoshlari bo‘ldilar.
3Mo‘jiza orqali ularning hammasiga bir xil ovqat berildi.