NUR

1 Solnomalar 5

1Ruben Yoqubning to‘ng‘ich o‘g‘li edi. Ammo u otasining to‘shagini bulg‘agani uchun, to‘ng‘ich farzandlik huquqi Yusufning o‘g‘illariga berilgan edi. Shu sababdan Ruben nasabnomada to‘ng‘ich sifatida ro‘yxatda yo‘q.

2Rubenning ukasi Yahudo aka–ukalari orasida eng kuchlisi bo‘lib, yo‘lboshchi uning qabilasidan chiqsa ham, to‘ng‘ichlik huquqi Yusufniki bo‘ldi.

3Ruben to‘rt o‘g‘il ko‘rdi. Ularning ismlari Xano‘x, Palluv, Xazron va Karmi edi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →