NUR

1 Solnomalar 4

1Yahudoning Paraz, Xazron, Karmi, Xur va Sho‘val degan o‘g‘illari bor edi.

2Sho‘val o‘g‘li Rayodan Yaxat tug‘ildi. Yaxatdan Oximay va Lo‘had tug‘ildilar. Bular Zorox shahri aholisining ajdodlari edilar.

3Xolib xotini Efratdan Xur ismli o‘g‘lini ko‘rdi. Xur onasi Efratning to‘ng‘ich o‘g‘li edi. Xurning avlodlari Baytlahm shahriga asos solgan edilar. Xurning Etom, Panuval va Eyzar degan o‘g‘illari bor edi. Etomning Yizril, Yishmo va Yidbosh ismli uch o‘g‘li va Xazaleylpo‘n ismli bir qizi bor edi. Panuval Gado‘r shahriga, Eyzar esa Xusha shahriga asos soldi.

Nur ilovasida to'liq o'qish →