NUR
1 Solnomalar 25
1Dovud bilan levi yo‘lboshchilari levilarning Osif, Xaman va Yodutun urug‘larini sozandalar qilib tayinladilar. Ularning vazifasi lira, arfa va zang chalib, bashorat qilish edi. Sozandalarning ro‘yxati va ularning bajaradigan vazifasi quyidagicha edi:
2Osifning to‘rt o‘g‘li Zakkur, Yusuf, Nataniyo va Osorilax otasining rahbarligi ostida bo‘lib, shohning buyrug‘i bilan bashorat qilishar edi.
3Yodutunning olti o‘g‘li Gadaliyo, Zari, Yeshayo, Shimax, Xashaviyo va Mattitiyo otasining rahbarligi ostida edilar. Ular lira jo‘rligida bashorat qilishar, Egamizga shukronalar va hamdu sanolar aytishar edi.