NUR
1 Solnomalar 18
1Birmuncha vaqt o‘tgach, Dovud yana Filistlarga hujum qilib, ularni mag‘lub qildi. Gat shahri va uning atrofidagi qishloqlarni Filistlardan tortib oldi.
2So‘ng Mo‘ab xalqini ham mag‘lub qildi. Mo‘ab xalqi Dovudga qaram bo‘lib, o‘lpon to‘laydigan bo‘lishdi.
3Zo‘vo shohi Hadadzar Furot daryosi bo‘ylariga yurish qilib, o‘sha yerlarda o‘z hokimiyatini o‘rnatmoqchi bo‘lgan bir paytda Dovud unga hujum qildi. Dovud Hadadzarni Xomat shahri yonida tor–mor etdi.