NUR
1 Solnomalar 11
1Jamiki Isroil xalqi Xevronga — Dovudning huzuriga yig‘ilib shunday dedi: — Biz sizning jigaringizmiz.
2Ilgari Shoul shoh bo‘lganda ham, urushlarda Isroil lashkariga o‘zingiz bosh bo‘lar edingiz. Egangiz Xudo sizga: “Sen xalqim Isroilning cho‘poni bo‘lib, ularni boqasan, xalqim Isroilga sen rahnamolik qilasan”, deb aytgan edi.
3Shunday qilib, Dovud Xevronda Isroil oqsoqollari bilan Egamiz oldida ahd qildi. Isroil oqsoqollari, Egamizning Shomuil orqali bergan so‘ziga muvofiq, Dovudning boshiga moy surtib, uni Isroil ustidan shoh qilib ko‘tarishdi.